28 iyu 13:17
Yangiliklar
Bugun Nodirbek Abdusattorov Ruminiya turniri peshqadamiga qarshi dona suradi
O'z ichiga 5 ta turnirni jamlovchi ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2766) ham o'z mahoratini namoyish etmoqda. Bir durang va bir mag'lubiyat qayd etgan grossmeysterimiz bugun 3-turda oq donalarda Fabiano Karuana (AQSH, 2805) bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Karuana turnirning birinchi saralangan shaxmatchisi hisoblanadi.
Malumot uchun, "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. CHempion grossmeyster 100 000 dollarni qo'lga kiritadi. Hozircha Nodirbek 0,5 ochko bilan turnir jadvalida oxiridan bitta oldinga o'rinni egallab turibdi. Agar bugun peshqadam mag'lub etiladigan bo'lsa, vaziyat butkul o'zgarib ketadi. Turnir jadvalida 1,5 tadan ochkoga ega Karuana va Gukesh peshqadamlik qilyapti.
3-tur juftliklari: Gukesh – Pragnanandha, Nodirbek Abdusattorov – Fabiano Karuana, Vashe-Lagrav – Firuzdja, Giri – Nepomnyashhiy, So – Dyak.
Fikrlar