So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

27 sen 09:07
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Nodirbek Abdusattorov SHusha turnirida 4 ta uchrashuv o'tkazadi + FOTO

Ozarbayjonning SHusha shahrida shaxmat bo'yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ananaviy musobaqaning birinchi kuni ortda qoldi.

O'z tarixida 10-marotaba tashkil etilayotgan ushbu nufuzli turnirda jami 8 nafar grossmeyster, ular qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi mazkur musobaqaning 2022 yilgi chempioni hisoblanadi. 

Xabar berganimizdek, Nodirbek kecha o'tkazilgan 3 ta tur uchrashuvida 3 xil natija qayd etdi. G'alaba bilan boshlab, o'rtada durang va yakunda mag'lubiyat bilan tugatdi. Bugungi uchrashuvlar oldidan u qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-o'rinni egallab turibdi. Kecha 3-turda aynan Abdusattorovni taslim etgan Yan Nepomnyashiy musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilyapti. Kecha u Nodirbekning qo'pol xatosidan unumli foydalanib ketgandi. 

Bugun rapid yo'nalishida qolgan 4 ta tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Abdusattorov bugungi ishtirokini qora donalarda Vladislav Artemevga qarshi bahs bilan boshlaydi. Keyin oq donalarda ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov bilan hisob-kitob qiladi. Oltinchi turda yana oq donalarda o'ynaydi, bu safargi raqib - Richchard Rapport! Rapiddagi ishtirokini qora donalarda mezbonlar vakili Rauf Mamedovga qarshi uchrashuv bilan yakunlaydi.   

Malumot uchun, norvegiyalik Magnus Karlsen turnirning 4 karra g'olibi hisoblanadi. SHaxriyar Mamedyarov ikki bor chempionlikka erishgan bo'lsa, Fabiano Karuana (AQSH), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) va Vidit Santosh (Hindiston) bir marotabadan bosh sovringa ega chiqqan.    

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing