26 sen 13:50
Yangiliklar
Bugun Nodirbek Abdusattorov SHusha turniridagi ishtirokini boshlaydi
O'z tarixida 10-marotaba tashkil etilayotgan ushbu nufuzli turnirda jami 8 nafar grossmeyster, ular qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi mazkur musobaqaning 2022 yilgi chempioni hisoblanadi.
O'ninchi yubiley turnir ishtirokchilari: SHaxriyar Mamedyarov, Rauf Mamedov, Aydin Suleymanli (barchasi Ozarbayjon), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston), Vladislav Artemev, Yan Nepomnyashhiy (ikkisi ham FIDE), Richard Rapport (Vengriya), Aravind CHitambaram (Hindiston).
Qatnashchilar bugun va ertaga rapid, 29 sentyabr kuni esa blic yo'nalishida o'zaro bahslarga kirishadilar. Vugar Gashimov xalqaro xotira turnirining amaldagi chempioni hindistonlik Vidit Santosh musobaqaga kela olmadi. Uning o'rnini boshqa bir hind grossmeysteri Aravind CHitambaram egalladi.
Malumot uchun, norvegiyalik Magnus Karlsen turnirning 4 karra g'olibi hisoblanadi. SHaxriyar Mamedyarov ikki bor chempionlikka erishgan bo'lsa, Fabiano Karuana (AQSH), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) va Vidit Santosh (Hindiston) bir marotabadan bosh sovringa ega chiqqan.
Fikrlar