13 noy 11:22
Yangiliklar
Bugun Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess India"dagi ishtirokini boshlaydi
O'z tarixida oltinchi bor o'tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg'armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnir 9 tur rapid (25+10) va 18 tur blic (3+2) yo'nalishida o'tkazilib, unda birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun bahs olib boradi.
Rapid va blic yo'nalishlari uchun alohida g'olib aniqlanadigan "Tata Steel Chess India" turnirida Magnus Karlsen ham ishtirok etadi. Nodirbek va Magnusdan tashqari xitoylik Vey Yi, germaniyalik Vinsent Keymer, AQSH vakili Uesli So, rossiyalik Danil Dubov, hindistonliklar Vidit Gujrati, Arjun Ergaisi, Rameshbabu Praggnanandha, Nihal Sarin va Sunildat Narayanan musobaqada o'z mahoratlarini namoyish etishadi.
Bugun Nodirbek Abdusattorov turnirdagi ishtirokini FIDE bayrog'i ostida qatnashadigan rossiyalik Danil Dubovga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Bugunning o'zida Vinsent Keymer (2-tur) va Rameshbabu Pragnanandha (3-tur)ga qarshi uchrashuvlar ham Nodirbekni kutmoqda.
Fikrlar