23 fev 13:27
Yangiliklar

Bugun Octagon 70 turniri o'tkaziladi, unda jami 5 nafar o'zbekistonlik sportchi jang qiladi
Musobaqaning markaziy jangi qozog'istonlik Erkebulan Toktar hamda Tojikiston vakili Qamariddin Hasanov (Kamil Karate) o'rtasida BMF kamari uchun o'tkaziladi.
Turnir doirasida jami besh nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi ham oktagonga ko'tariladi. Janglar bizning vaqt bilan soat 17:00 dan so'ng boshlanadi.
O'ta engil vaznda: Javohir Narzullaev — Jasulan Meirmanov (Qozog'iston)
Engil vaznda: Og'abek "Saturn" Abdumo'minov — Kurmet Kabdesh (Qozog'iston)
Eng engil vaznda: Jahongir Najmiddinov — Amirxon Ataxonov (Tojikiston)
Engil vaznda: Muhiddin Mamajonov — Fazliddin Madrahimov (Tojikiston)
Yarim o'rta vaznda chempionlik kamari uchun: Saydatxon Nuriddinov — Georgiy Kichigin (Qozog'iston).
Fikrlar