08 sen 07:41
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Bugun Odiljon Aslonov jang qiladi (to'liq kard)
Bugun, 8 sentyabr kuni Rossiyaning CHelyabinsk shahrida RCC Boxing professional boks turniri tashkil etiladi.
			Ahamiyatlisi, musobaqa doirasida super o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik Odiljon Aslonov Kongo vakili Erik CHimanga Katompa bilan jang qiladi. Ushbu to'qnashuv musobaqaning ilk jangi etib belgilangan. Jang oqshomi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Odiljon Aslonov prof faoliyati davomida beshta jang o'tkazib, ularning to'rttasida g'alaba qozongan, yana bir jangi durang biilan yakunlangan. Erik Tshimanga Katompa esa 12 ta jang o'tkazib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan, 2 ta jangda mag'lub bo'lgan va 1 ta jangi durang bilan yakunlangan.
Musobaqaning to'liq kardi:

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar