10 sen 07:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun Odilxon Buxoroda jang qiladi, raqib Qozog'istondan!
Bugun Buxoro shahrida aralash yakka kurashlar bo'yicha ATFC 33 turniri bo'lib o'tadi.
Qozog'istonning Alash Pride Ligasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan turnirda o'zbekistonlik taniqli pop-MMA jangchisi Odilxon Kamolov ham oktagonga ko'tariladi.
Kamolovga turnir doirasida qozog'istonlik Dias Erjanov raqiblik qiladi. Jang MMA qoidalari asosida kechadi.
Malumot uchun, Odilxon faoliyati davomida hozirgacha 16 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar