02 sen 09:55
Yangiliklar
Tennis

Bugun Omonmurodova Almatidagi turnir finalida o'ynaydi
Bugun Qozog'istonning Almati shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir yakuniga etadi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslari final uchrashuvida hamyurtimiz kortga chiqadi. Oqgul Omonmurodova bosh mukofotni qo'lga kiritish uchun urinib ko'radi. Uning raqibasi rossiyalik Polina Leykina bo'ladi.
Turnirda beshinchi
raqam ostida tasniflangan Leykina yarim finalda sobiq hamyurtimiz, hozirda Isroil
davlati sharafini himoya qilayotgan Vlada Yakshibarovani 6:3, 6:1 hisobida mag'lub
etdi. Oqgul esa yarim finalda turnirning sakkizinchi raketkasi gruziyalik
Ekaterina Gorgodzedan 7:5, 6:2 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar