21 avg 07:55
Yangiliklar
Tennis

Bugun Omonmurodova Artvinda asosiy to'r chiptasi uchun kortga chiqadi
Turkiyaning Artvin shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etyapti. Saralashning ilk davrasidan ozod qilingan tennischimiz ikkinchi davrada turkiyalik Beyda Baykalni 6:3, 3:6, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Saralash turnirining
ikkinchi raketkasi bo'lgan Omonmurodova bugun asosiy to'rga yo'llanma beruvchi
bahsda saralashning ettinchi raketkasi belgiyalik Magali Kempenga qarshi kortga
chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar