23 avg 07:53
Yangiliklar
Tennis

Bugun Omonmurodova Artvindagi turnirda kortga chiqadi
Turkiyaning Artvin shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etyapti. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma olgan hamyurtimiz bugun ilk davra uchrashuvida kortga chiqadi.
Uning asosiy to'r ilk
bosqichdagi raqibasi belgiyalik tennischi An-Sofiya Mestach bo'ladi. Slovakiyalik
Mikaela Xonkova bilan tandem hosil qilgan Omonmurodova bugun juftliklar
musobaqasida ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar