16 iyu 15:41
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1369_220.jpg)
Bugun Omonmurodova Bursada bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Turkiyaning Bursa shahrida yakuniga etib borayotgan sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollaridan iborat turnirning juftlik bahsidagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
Rossiyalik Natela Jalamidze bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz bugun bosh mukofot uchun kortga chiqadi. Oqgul va Natela 50 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida turnirning ikkinchi raketkalari – makedoniyalik Lina Gyorcheska hamda ukrainalik Valeriya Straxovadan 6:3, 6:1 hisobida ustun kelishdi.
Bugun o'tkaziladigan final bahsida Omonmurodova va Jalamidze musobaqaning birinchi raqamli juftligi – gruziyalik tennischilar Ekaterina Gorgodze hamda Sofiya SHapatavaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar