02 iyu 11:15
Yangiliklar
Tennis

Bugun Omonmurodova final yo'llanmasi uchun kortga chiqadi
Andijon shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida bugun yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi.
CHorak finalga etib kelgan yagona vakilamiz Oqgul Omonmurodova kecha gruziyalik Maryam Bolkvadzeni 6:3, 6:7, 6:3 hisobida mag'lub etgandi. Bugun tajribali tennischimiz final chiptasi uchun rossiyalik Anastasiya Frolovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar