06 apr 15:00
Yangiliklar

Bugun Omonmurodova juftlikdagi uchrashuvini o'tkazadi
Turkiyaning Istambul shahrida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollari bo'lgan turnir davom etmoqda.
Vakillarimizdan ushbu musobaqada Oqgul Omonmurodova juftlik bahslarida o'z imkoniyatini sinab ko'rmoqda.
U bugun sherigi Aleksandra Panova (Rossiya) bilan birgalikda mezbonlar vakillari Ayla Aksu va Pemra Ozgenlarga qarshi kortga chiqadilar.
Ushbu bahs g'olibi yarim finalga yo'llanma oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar