14 avg 09:42
Yangiliklar
Tennis

Bugun Omonmurodova Leypcigdagi ishtirokini boshlaydi
Germaniyaning Leypcig shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Tajribali tennischimiz saralash musobaqasining ikkinchi raketkasi sifatida qayd etilgan.
Omonmurodova o'z ishitirokini
to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshlaydi va bugun germaniyalik Irina Siemersga
qarshi kortga chiqadi. Asosiy to'rga chiqish uchun Oqgul bundan tashqari yana bitta
bahsda g'alaba qozonishi talab etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar