13 iyu 12:05
Yangiliklar
Tennis

Bugun Omonmurodova Moskvada yarim final chiptasi uchun kurashadi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova rossiyalik Valentina Ivaxnenko bilan birga ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgan.
Ular ilk davrada rossiyalik Anastasiya Pivovarova hamda ukrainalik Valeriya Straxova hamkorligini 6:4, 6:2 hisobida taslim etishdi. Bugun Oqgul va Valentina chorak final bahsida rossiyalik tennischilar - Ulyana Ayzatulina hamda Kseniya Laskutova juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, kecha Oqgul Omonmurodova Moscow Open 2017 turnirining birinchi davrasida turnirning sakkizinchi raketkasi, rossiyalik Anastasiya Pivovarovaga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar