09 may 09:10
Yangiliklar
Tennis

Bugun Omonmurodova Tailanddagi ishtirokini boshlaydi
Hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova bugundan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi Tailanddagi tennis turnirida ishtirok etadi.
Tajribali raketka ustamiz Xua Xin shahrida o'tkazilayotgan hamda sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning ettinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qiladi.
Dunyo reytingida 364-o'rinni egallab turgan Omonmurodova bugun birinchi davrada CHixiro Muramatsuga qarshi kortga chiqadi. Yaponiyalik tennischi reytingda 583-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar