03 apr 09:45
Yangiliklar
Tennis

Bugun Oqgul Koza Wos Cup turnirining asosiy to'riga chiqishga urinib ko'radi
Turkiyaning Istambul shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Koza Wos Cup turniri davom etmoqda.
Musobaqaning saralash bahslarida tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Saralashning ikkinchi raketkasi bo'lgan vakilamiz ikkinchi davrada shveciyalik Juliya Rozengvistni 6:3, 6:4 hisobida taslim etdi.
Bugun Omonmurodova asosiy to'rga yo'llanma beruvchi saralashning final uchrashuvida ruminiyalik Mikaela Buzarneskuga qarshi kortga chiqadi. Rumin tennischisi saralashning 10-raketkasi sifatida qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova ertaga asosiy to'r bahslari start oladigan Koza Wos Cup turnirida birinchi raketka sifatida kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar