So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

04 may 09:52
Yangiliklar

Futbol

Bugun Osiyo Kubogi-2019ga qura tashlanadi

Bugun, 4 may kuni Dubaydagi "Armani Hotel" mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Hozirda ko'pchilik qurani intiqlik bilan kutmoqda deya olamiz. CHunki bo'lajak Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi va guruhdagi raqiblarimizni bilib olish barchaga qiziq tuyuladi.

OFK tarixida birinchi marta Osiyo Kubogida 24ta jamoa ishtirok etadi. OFK butun Osiyo bo'ylab muxlislar qiziqishini oshirish maqsadida ishtirokchi davlatlar sonini 16tadan 24taga etkazdi. Jamoalar 6tadan to'rtta savatchaga bo'lingan:

1-savatcha
BAA - bosh murabbiy Alberto Zakkeroni (Italiya)
Eron - bosh murabbiy Karlush Keyrush (Portugaliya)
Avstraliya - bosh murabbiy Bert Van Marveyk (Gollandiya)
Yaponiya - bosh murabbiy Akira Nishino (Yaponiya)
Janubiy Koreya - bosh murabbiy SHin Tae Yong (J.Koreya)
Saudiya Arabistoni - bosh murabbiy Xuan Antonio Pizzi (Argentina)

2-savatcha
Xitoy - bosh murabbiy Marchello Lippi (Italiya)
Suriya - bosh murabbiy Bernd SHtange (Germaniya)
O'zbekiston - vaqtincha bosh murabbiy Timur Kapadze (O'zbekiston)
Iroq - bosh murabbiy Bosim Qosim (Iroq)
Qatar - bosh murabbiy Feliks Sanches (Ispaniya)
Tailand - bosh murabbiy Milovan Rayevac (Serbiya)

3-savatcha
Qirg'iziston - 
bosh murabbiy Aleksandr Krestinin (Rossiya)
Livan - Miodrag Radulovich (CHernogoriya)
Falastin - bosh murabbiy tayinlanmagan
Ummon - bosh murabbiy Pim Verbek (Gollandiya)
Hindiston - bosh murabbiy Stefen Konstantin (Angliya)
Vetnam - bosh murabbiy Park Xang Seo (J.Koreya)

4-savatcha
KXDR - 
bosh murabbiy tayinlanmagan
Filippin - bosh murabbiy tayinlanmagan
Bahrayn - bosh murabbiy Miroslav Soukup (CHexiya)
Iordaniya - bosh murabbiy Jamol Abu Abed (Iordaniya)
Yaman - bosh murabbiy Abraham Mebratu (Efiopiya)
Turkmaniston - bosh murabbiy Yazguli Xojageldiev (Turkmaniston)


Ko'rib turganingizdek, O'zbekiston 2-savatchadan o'rin olgan. Qura tartibiga ko'ra, musobaqa mezboni BAA "A" guruhidan joy oladi. Hozircha faqat shunisi malum. Qura marosimini voqea joyidan yoritib borish, quradan keyingi fikrlarni ommaga taqdim etish hamda murabbiy va mehmonlardan intervyu olish maqsadida saytimiz xodimi Xayrulla Xoliqov Dubayga uchib ketdi. 

Qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 20:10da boshlanadi. SPORT telekanali mazkur tadbirni jonli ravishda efirga uzatishni rejalashtirgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing