27 iyu 12:30
Yangiliklar
Futbol

Bugun o'smirlarimiz Belarusga qarshi ikkinchi o'yinda maydonga tushishadi
Belarus poytaxti Minsk shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun ushbu mamlakat o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Aynan bugungi o'yindan so'ng Temur Olimxo'jaev shogirdlarining navbatdagi xorij yig'ini yakunlanadi. Bugungi Belarus – O'zbekiston uchrashuvi Minsk shahrida mahalliy vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.
Ushbu yig'in terma jamoamiz uchun shu yilning 15 sentyabr - 2 oktyabr sanalari oralig'ida Hindistonda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar