02 noy 09:21
Yangiliklar

Bugun o'zbek derbisi bo'ladi, tennischilarimizdan biri aniq finalga chiqadi
Ushbu musobaqaning juftlik bahslarida bugun yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi. Unda o'zbekistonlik yosh tennischilar Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov bir-birlariga qarshi kortga chiqishadi. Har qanday holatda ham ulardan biri aniq finalda o'ynaydi.
Humoyun Sultonov qirg'izistonlik Daniyar Duldaev bilan birga
juftlik hosil qilgan. Jo'rabek Karimov esa xitoylik Aoran Vang bilan tandemda
harakat qilmoqda.
Malumot uchun, Humoyun va uning sherigi chorak finalda turnirning uchinchi raqamli juftligi hisoblangan avstraliyalik tennischilar - Adam va Jeyson Teylor hamkorligini 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etgandi. Karimov/Vang juftligi esa turnirning birinchi raqamli juftligi - Xitoy Taypeyi vakillari Ti CHen/Xungdan ustun kelgan edi.
Fikrlar