So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

12 fev 07:46
Yangiliklar

Futbol

Bugun o'zbek klublari Osiyo chempionlar ligasidagi yurishini boshlaydi

Bugun Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi "Paxtakor" - "Eyr Fors" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" bu mavsum o'z tarixida 15-bor OCHLda ishtirok etadi. Bu jamoa 2002/2003 hamda 2004 yilgi mavsumlarda yarim finalga qadar etib borgan. "Paxtakor" o'zbek futbolining bayroqdor jamoalaridan biri. Raqib ham Iroq tarixidagi eng nomdor klublardan hisoblanadi.

"Eyr Fors" klubining ikki xil nomi bor. Bu jamoani "Al Quva Al Javiya" deb ham atashadi. "Eyr Fors" o'z tarixida to'rtinchi marta OCHLda ishtirok etyapti. O'tgan mavsum Iroq chempionatida ikkinchi o'rinni egallashi sababli OCHLga yo'llanma oldi. Jamoa bungacha guruhdan chiqa olmagan, ammo OFK kubogining oxirgi uch yildagi g'olibi hisoblanadi.

Kecha ikkala jamoa bosh murabbiylari o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etishdi. 

SHota Arveladze: "Yangi mavsumga tayyorlayotgan jamoamizni ertaga muxlislarga ko'rsatmoqchimiz"

"Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Ertaga stadionga keladigan muxlislar biz g'alaba qozonsak xafa bo'lishmasin"


Osiyo CHempionlari Ligasi-2019
Ikkinchi saralash bosqich
"Paxtakor" - "Eyr Fors"
12 fevral. Toshkent. "Paxtakor" stadioni, 15:00.
Hakamlar: 
Kim Xi Gon, Pak Sang Jun va Pak Kyun Yon (uchalasi Janubiy Koreya)


Olmaliq shahrining AGMK futbol klubi 2018 yil O'zbekiston Kubogi sohibi sifatida OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu jamoa OCHLda debyutant hisoblanadi. 2008 yildan beri O'zbekiston oliy ligasida o'ynab kelayotgan jamoa 2004 yilda tashkil topgan.

Bu jamoa Tojikiston milliy chempionatida qatorasiga 7 marta chempionlikni nishonlagan. "Istiqlol" ham OCHLda debyutant hisoblanadi, yani bungacha klublar o'rtasidagi qitaning eng nufuzli musobaqasida qatnashmagan. "Istiqlol" asosan OFK Kubogida o'zini ko'rsata olgan va 2016, 2017 yilgi mavsumlarda ketma-ket ikki yil finalda o'ynagan.

Kecha ikkala jamoa bosh murabbiylari o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etishdi. 

Mirjalol Qosimov: "To'ydan oldin nog'ora chalmaylik"

Hakim Fuzaylov: "AGMKda o'zgarishlar juda katta"



Osiyo CHempionlari Ligasi-2019
Ikkinchi saralash bosqich
AGMK – “Istiqlol”
12 fevral, Olmaliq. "OKMK" stadioni. 16:00.
Hakamlar: 
Kim Dong Jin (Janubiy Koreya), Lakrindis Jorj, Rayan Mark Gallaxer (ikkisi Avstraliya), Dmitriy Mashencev (Qirg'iziston)
Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Xail (Qatar)
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston)


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing