So’nggi yangiliklar

18:31UFC Шанхай турнирининг асосий жанги айтилди 0 18:00Жон Жонс Чимаевга фаолиятидаги илк мағлубиятдан кейин маслаҳат берди 0 16:58WBA Мурат Гассиевга тўлақонли жаҳон чемпиони мақомини берди 0 16:23Ўрозовга Италиянинг қайси клублари қизиқиш билдираётгани маълум 0 15:54"У жанг қилиши шарт эмас. Конорда барчаси бор". Жонс Макгрегорнинг қайтиши ҳақида гапирди 0 15:09Улуғбек Рашитов: "Келаси йилги Жаҳон чемпионатида шоҳсупага кўтарилиш учун бор кучимни бераман" 0 14:25Саиджамшид Жафаров Баку мезбонлик қиладиган IBA Чемпионлар оқшомида рингга чиқади 0 13:50"Андижон" футболчиси фаолиятини Португалияда давом эттиради 0 13:06Боксчиларимиз икки ёш тоифасидаги Осиё чемпионатларида иштирок этади 0 12:39Фазлиддин Ғоибназаров: "Ҳақиқий дада бўляпман" 0 12:00Рамзан Қодиров Нурсултон Рўзибоевни автомобил билан тақдирлади 0 11:26Майкл Олисе "Реал"га ўтмоқчи, бунинг сабаби маълум — манба 0 10:58Шерзод Абдуллаев – армрестлинг спорти ривожи йўлидаги фидойи мураббий! 0 10:29Ёш "классик" курашчиларимиз Осиё чемпионатини 3 та медаль билан бошлашди 0 09:48SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 старт олди. Абдусатторов илк кунги 3 та партияда қандай натижа қайд этди? 0

17 fev 11:14
Yangiliklar

Futbol

Bugun O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogi saralashidagi raqiblari nomini bilib oladi

Bugun, 24 fevral kuni Osiyo Kubogi-2023 saralash bahslarining final bosqichi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundiga chiqa olmagani bois, vakillarimiz endi Osiyo Kubogi yo'llanmasi uchun saralash o'yinlarida ishtirok etishadi. 

Osiyo Kubogi saralash bahslarining final bosqichi aslida shu yilning 29 martiga qadar o'tkazib bo'linishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli OFK o'yinlarni 8-14 iyun oralig'ida o'tkazishni maqul ko'rdi. 

Saralash uchrashuvlari markazlashgan tartibda 6ta mamlakatda o'tkaziladi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, 24 terma jamoa to'rttadan 6 guruhga bo'linadi va har bir jamoa har bir raqibiga qarshi bittadan o'yin o'tkazadi. Saralash bosqichi yakunlariga ko'ra, oltita guruhdan birinchi o'rinni egallagan 6 terma jamoa va eng yaxshi 5ta ikkinchi o'rin egasi kelasi yil Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 


Savatchalar

Terma jamoalar 24 fevral kungi FIFA reytingiga ko'ra, savatchalarga bo'lib chiqiladi. SHuni aytish lozim, saralash o'yinlariga mezbon davlatlar alohida mezbon savatchadan joy olgan. 

Mezbon savatcha: O'zbekiston, Qirg'iziston, Hindiston, Quvayt, Malayziya, Mo'g'uliston. 

1-savatcha: Bahrayn, Iordaniya, Falastin. 

2-savatcha: Tailand, Tojikiston, Filippin, Turkmaniston, Gonkong. 

3-savatcha: Afg'oniston, Yaman, Myanma, Maldiv, Indoneziya. 

4-savatcha: Singapur, Nepal, Kambodja, Bangladesh, SHri Lanka. 

Izoh: Mezbon mamlakatlar mezbon savatchaga joylashtirilgani bilan qura jarayonida reytingdagi o'rnidan kelib chiqib boshqa savatchaga tushib qolishi mumkin. 


Oltita mamlakatda o'yinlar shu yilning 8-14 iyun oralig'ida bo'lib o'tadi. 

1-tur. 8 iyun

2-tur. 11 iyun

3-tur. 14 iyun

SHunisi aniqki, O'zbekiston guruhida Qirg'iziston, Hindiston, Quvayt, Malayziya va Mo'g'uliston bo'lmaydi. Kimlar raqib bo'lishini esa quradan so'ng bilib olamiz. Qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 12:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing