27 apr 11:54
Yangiliklar
Futbol

Bugun O'zbekiston OTJ xalqaro musobaqadagi ishtirokini boshlaydi
Bugun Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Indoneziyadagi Xalqaro musobaqada o'z ishtirokini boshlaydi.
Toshkent vaqti bilan soat 14:00da vakillarimiz KXDR terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.
30 aprel kuni esa Olimpiya terma jamoamiz Bahrayn terma jamoasi bilan kuch sinashadi. 3 may kuni Ravshan Haydarov shogirdlari Indoneziya qarshi o'yin bilan musobaqadagi ishtiroklariga yakun yasashadi. Musobaqa doirasidagi barcha o'yinlar CHibinong shahridagi «Pakansari» stadionida bo'lib o'tadi.
“PSSI 2018” musobaqasi taqvimi:
27.04.2018 O'zbekiston – KXDR 14:00
30.04.2018 O'zbekiston – Bahrayn 14:00
03.05.2018 Indoneziya – O'zbekiston 17:30
*Uchrashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar