22 jan 08:36
Yangiliklar

Bugun O'zbekiston Saudiya Arabistoniga qarshi Olimpiada chiptasi uchun maydonga chiqadi
Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi finalga chiqish va Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelishadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:15da boshlanadi. Uchrashuv Bangkok shahridagi "Rajamangala" stadionida bo'lib o'tadi.
Saudiya Arabistoni va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvni yaponiyalik Ryuji Sato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Malumot uchun, Sato 1977 yilda tug'ilgan va 2009 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.
Ryuji Sato ushbu musobaqada Tailand - Bahrayn (5:0), Iordaniya - Vetnam (0:0) va Avstraliya - Suriya (1:0) o'yinlarida bosh hakam bo'lib ishladi.
U-23 Osiyo chempionati. Yarim final
Saudiya Arabistoni - O'zbekiston
22 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Jun Mixara va Xiroshi Yamauchi (ikkisi Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
VAR hakami: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
VAR yordamchi hakamlari: Iida Jumpey (Yaponiya) va Ma Ning (Xitoy)
Fikrlar