16 sen 09:25
Yangiliklar

Bugun O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi boshlanadi
Bu ikki terma jamoa Jahon ligasiga chiqish uchun pley-off o'yinida ishtirok etishadi. Avval xabar berganimizdek, Toshkentga kelgan terma jamoa tarkibidan SHveycariya tennisining uch nafar eng kuchli raketka ustalari joy olmagan. Dunyoning uchinchi raketkasi, US Open-2016 g'olibi Sten Vavrinka, to'rtinchi raketka Rojer Federer hamda dunyo reytingida 144-pog'onadan joy olgan Marko Kyudinelli Toshkentga kelmagan.
Qura natijasiga ko'ra, bugungi yakkalik bahslarini Denis Istomin hamda Entoni Belerlar boshlab berishadi. Istomin dunyo reytingada 113, Beler esa 507-o'rindan joy olgan. SHundan so'ng kortga ikkinchi raketkamiz Farrux Do'stov hamda Xenri Laksonenlar taklif etiladi. Do'stov ATP reytingida 237, 25 yoshli Laksonen esa 138-pog'onani band etib turibdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi saralashda Xitoy tennischilarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, pley-offda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.
SHveycariyaliklar esa Jahon ligasi birinchi bosqichida Italiyaga qarshi o'yin o'tkazib, 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. O'zbekiston – SHveycariya uchrashuvi g'olibi Jahon ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Fikrlar