15 iyu 12:27
Yangiliklar
Futbol
Bugun O'zbekiston U-23 terma jamoasi final yo'llanmasi uchun maydonga tushadi
Bugun yurtimiz mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogida yarim final uchrashuvlari boshlanadi.
Dastlabki yarim final Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasida soat 18:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Ikkinchi yarim finalda esa O'zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan bahs olib boradi. Uchrashuv soat 21:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. O'FA xabariga ko'ra, terma jamoamiz bugun to'liq oq rangli liboslarda, darvozabonimiz esa qora formada harakat qiladi.
Terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinga AFC qaroriga ko'ra, muxlislar kiritilmaydi.
Havola :
Fikrlar