07 noy 10:37
Yangiliklar
Bugun Para atletika bo'yicha Jahon chempionatiga start beriladi
Ushbu musobaqaga o'zbekistonlik para atletlar ham jiddiy tayyorgarlik ko'rishdi. Dunyoning 122 ta davlatidan jami 1400 nafar sportchi o'zaro bahs olib boradigan mazkur chempionatda yurtimiz sharafini 26 nafar para atletimiz himoya qiladi.
Jahon chempionatining dastlabki kungi dasturidan o'rin olgan yadro uloqtirish, disk uloqtirish, uzunlikka sakrash hamda 1,500 m yugurish bellashuvlarida O'zbekiston nomidan 6 nafar sportchi ishtirok etadi.
Payshanba, 7 noyabr
09:40 | Yadro uloqtirish (Saralash) - Faruxjon Saidxo'jaev
10:00 | Disk uloqtirish (Saralash) - Mohigul Hamdamova
19:03 | Uzunlikka sakrash (Final) - Doniyor Soliev
19:58 | Nayza uloqtirish (Final) - Nurxon Qurbonova
20:17 | Yadro uloqtirish (Final) - Faruxjon Saidxo'jaev
20:47 | 1,500 m masofaga yugurish (Final) - Faxriddin Hamroev
21:40 | 1,500 m masofaga yugurish (Final) - Marufjon Murodullaev
Fikrlar