So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

24 avg 13:13
Yangiliklar

Futbol

Bugun "Paxtakor" - "Lokomotiv", "ajdarlar" "qaldirg'ochlar"ga qarshi va vodiy derbisi!

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Coca Cola Superligasida 12-tur bahslari start oladi.

Coca Cola Superliga. 12-tur
18:30 - QO'QON-1912 — ANDIJON
24 avgust 2020 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:30 ("Dunyo bo'ylab TV" LIVE)
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Olim Abduvosilov, Aleksandr Sidorov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: SHohruh Saidov

O'tgan turda "Lokomotiv"ni mag'lub etib tarixiy g'alabani qo'lga kiritgan "Qo'qon-1912" bu turda Superliganing ushbu mavsumida g'alaba qozona olmagan yagona jamoa bo'lib turgan "Andijon"ni qabul qiladi.

Bu klublar hozirga qadar 24 bor chempionat doirasida to'qnash kelishgan. 9 marta "burgutlar", 8 marta qo'qonliklar g'olib bo'lishgan. Qolgan 7ta uchrashuvda durang kuzatilgan.

"Andijon" 2003 yildan buyon "Qo'qon-1912" ustidan g'alaba qozona olmayapti. "Qo'qon-1912" o'zaro o'tgan so'nggi 6ta uchrashuvda umuman mag'lub bo'lgani yo'q: 3ta g'alaba, 3ta durang. Agar "Qo'qon-1912" mezbonligi ostida o'tgan o'yinlarga etibor qilsak "Andijon" oxirgi marta 1998 yilda bu jamoani safarda mag'lub etgan ekan.


18:30 - PAXTAKOR — LOKOMOTIV
24 avgust 2020 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 18:30 ("Mahalla TV" LIVE)
Hakamlar: 
Vadim Agishev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Rustam Lutfullin
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Erkin Baxtiyorov

CHempionat peshqadami "Paxtakor" bu tur so'nggi to'rt yilda 3 bor chempionlikka erishgan, biroq bu mavsum quyi pog'onalarda borayotgan "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaydi. Qizig'i bu uchrashuv "Lokomotiv" stadionida o'tadi, biroq nominal mezbon "Paxtakor" bo'ladi.

CHempionatlar tarixida bu jamoalar jami 32 bor to'qnash kelishgan. Ularning 18tasida "Paxtakor" g'alaba qozongan. 8 bellashuvda durang natija qayd etilib, 6 marta "Lokomotiv" ustun kelgan. O'tgan mavsum "sherlar" bu jamoaga qarshi kechgan ikkala o'yinda ham mag'lub bo'lishmagandi.

19:00 - NASAF — BUNYODKOR ("Paxtakor" stadioni)
24 avgust 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00 ("Sport TV" LIVE))
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Timur Gaynullin, Andrey Capenko, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jamshid Imomov

Musobaqa jadvalida deyarli yonma-yon borayotgan klublar o'rtasidagi bahs. Asosiy urg'uni o'z akademiyasidan chiqayotgan futbolchilarga qaratadigan "Nasaf" va "Bunyodkor" bu turda "Paxtakor" stadionida to'qnash kelishadi.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 26 bor kuch sinashishgan. Ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida. "Bunyodkor" 13 marta g'alabaga erishgan, 4 bor "Nasaf" zafar quchgan. Yana 9ta o'yinda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. O'tgan mavsumdagi ikkala o'yinda "ajdarlar" bu raqibga yutqazishmagan.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing