So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

30 sen 11:43
Yangiliklar

Futbol

Bugun "Paxtakor" Oston O'runov o'ynayotgan "Persepolis" mehmoni bo'ladi

Bugun "sherlar" Elit CHempionlar Ligasining 2-turida Eronning "Persepolis" jamoasi bilan safarda to'qnash keladi.

"Paxtakor" ushbu raqib bilan OCHLda 4 marta maydonga tushib, 2 g'alaba, 1 durang va mag'lubiyat qayd etgan. 2003 yil Anvar Solievning yagona goli g'alaba keltirgan bo'lsa, 2019 yil guruh bosqichida Tehronda 1:1 (Marat Bikmaev) va Toshkentda 1:0 (Igor Sergeev) natijasi kuzatilgan. 2020 yil chorak finalda raqib 2:0 hisobida zafar quchgan.

"Persepolis" Eronning eng sovrindor klubi sanaladi. Tehronliklar 16 marta Eron chempionati, 7 bor Eron Kubogi va 5 bor Eron Superkubogini qo'lga kiritgan. Oxirgi 8 mavsumdan 7 tasida aynan ushbu klub Eron chempionligini qo'lga kiritib, o'zining yaqqol gegemon ekanini isbotlab kelmoqda. Jamoani ispaniyalik Xuan Karlos Garrido boshqarib kelmoqda.

"Persepolis" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov faoliyat olib bormoqda. Har ikkala jamoa safida ikkitadan yo'qotish mavjud. Eron klubi tarkibida Murtazo Puraliganji va Omid Alishah jarohat tufayli maydonga tusha olishmaydi. "Paxtakor" safida esa Ibrohim Ibragimov va Doniyor Abdumannopov jarohat olishgan.

"Persepolis" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin 30 sentyabr, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Qudsdagi "SHahri Quds" stadionida boshlanadi. Uchrashuv "Foreign Language" kanali orqali namoyish etiladi.

Elit Osiyo chempionlar ligasi, 2-tur
"Persepolis" - "Paxtakor"
30 sentyabr 2024 yil. Quds, "SHahri Quds" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam
: Abdulloh Jamoli (Kuvayt)
Qanot hakamlari: Ali Jraq va Saud Al SHemali (ikkalasi Kuvayt)
Zaxira hakami: Hussayn Abo Yahyo (Livan)
VAR: Abdulloh Al Kandari (Kuvayt)
AVAR: Hoshim Al Ibrohim (Kuvayt).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing