01 okt 09:13
Yangiliklar
Bugun "Paxtakor" "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan keyin chempionlikni nishonlaydi
O'zbekiston chempionligini muddatidan avval qo'lga kiritgan Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bugun o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qiladi. Ushbu o'yin yakunlanishi bilan "Paxtakor" futbolchilari muxlislar bilan birga chempionlikni nishonlaydilar.
SHuningdek, bugun poytaxtning "Lokomotiv" klubi safarda "Qizilqum" jamoasi mehmoni bo'ladi. "Navbahor" esa Namanganda Samarqandning "Dinamo"sini mehmon qiladi.
Coca-Cola Superligasi / 21-tur
1 oktyabr, seshanba
17:00 - PAXTAKOR – SO'G'DIYONA
Hakamlar: Olim To'ychiboev (Farg'ona), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Rustam CHoriev (Termiz)
18:00 - QIZILQUM – LOKOMOTIV
Hakamlar: Hasan Ro'ziev (Toshkent), Olimjon Abduvosilov (Toshkent), Ravil SHoyaxmetov (Toshkent), Ilya Ilin (Buxoro)
19:15 - NAVBAHOR – DINAMO
Hakamlar: SHerzod Qosimov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Sanjar SHoyusupov (Toshkent), Husan Muzaffarov (Toshkent)
Fikrlar