19 dek 11:15
Yangiliklar
Bugun peshqadam Abdusattorov yana 3 ta partiyada dona suradi
Vugar Gashimov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ananaviy musobaqada dunyoning nomdor 10 grossmeysterlari qatorida rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olibi Nodirbek Abdusattorov ham bosh sovrin uchun dona suryapti.
Fairmont Baku mehmonxonasida o'tayotgan musobaqaning birinchi kungi bahslaridan so'ng 3 ta partiyaning barchasida g'alaba qozongan Abdusattorov 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Bugun Nodirbek yana 3 ta partiyada nomdor grossmeysterlarga qarshi bahs olib boradi.
Hamyurtimiz ishtirokidagi bugungi o'yinlar:
4-tur. Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) - Nodirbek Abdusattorov
5-tur. Nodirbek Abdusattorov - Vang Xao (Xitoy)
6-tur. Sem SHenklend (AQSH) - Nodirbek Abdusattorov
Malumot uchun, Vugar Gashimov xotira turniri 2014 yildan beri o'tkazib kelinadi. Ilk musobaqa Vugar Gashimov tug'ilgan SHamkirda o'tkazilgan. Amaldagi jahon toji sohibi Magnus Karlsen to'rt marotaba (2014, 2015, 2018, 2019) musobaqa g'olibi bo'ldi. Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarov ikki bor (2016, 2017) chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan. Amerikalik Fabiano Karuana amaldagi (2021) chempion hisoblanadi.
Fikrlar