09 may 11:00
Yangiliklar

Bugun “Qarshi CHellenjeri”da ikki tennischimiz kortga chiqadi
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan tennischilari ishtirok etishyapti. Ukrainalik Sergey Staxovskiy turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Asosiy to'rda tennischilarimizdan Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov, Farrux Do'stov hamda Jo'rabek Karimov imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etishyapti.
Ulardan kecha Ismoilov va Fayziev o'zaro uchrashuvda munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. Unda tajribali Fayziev g'alaba qozonganligi haqida xabar bergan edik.
Ayni daqiqalarda yana ikki tennischimiz ilk davra uchrashuvida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. Jo'rabek chexiyalik Marek Yalovic, Farrux esa hindistonlik Narayanasvamiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar