02 sen 15:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun Rahimova, ertaga Timofeeva US Open-2026'dagi ikkinchi davra bahsini o'tkazadi
Nyu-York shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 108 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi US Open 2026 turniri davom etmoqda.
O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan tennischimiz Kamilla Rahimova bugun ikkinchi davradagi o'yinini o'tkazadi. Ushbu bahsda hamyurtimizga Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Oksana Selexmeteva raqib bo'ladi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda Kamilla Rahimova jahon reytingida 92, Oksana Selexmeteva esa 93-o'rinni egallab turibdi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:55 dan so'ng boshlanishi kutilmoqda. O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylanib olgan Mariya Timofeeva esa ertaga 1/32 final uchrashuvida kortga chiqadi. Mariyaning raqibasi dunyoning 20-raketkasi, belgiyalik Elize Mertens bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar