12 iyu 08:30
Yangiliklar
Tennis

Bugun Sabina Fersmold turniridagi ishtirokini boshlaydi
Germaniyaning Fersmold shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etyapti.
Sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qiladi.
Bugun SHaripova ilk davrada germaniyalik Katerina Gerlaxga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi imtiyozli yo'llanma asosida asosiy to'r bahslariga qo'yilgan. Bu bahs g'olibini ikkinchi davrada yaponiyalik Misa Eguchi kutib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar