20 sen 08:35
Yangiliklar
Tennis

Bugun Sabina Piterda Marfutinaga qarshi kortga chiqadi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Unda hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Piter turnirida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan. Bugun Sabina ilk davrada rossiyalik Mariya Marfutinaga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, yana bir hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova esa asosiy to'rga chiqa olmadi. Saralash turnirining to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qilgan vakilamiz hal qiluvchi uchrashuvda serbiyalik Vesna Doloncga 7:6(5), 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar