26 iyu 09:35
Yangiliklar
Tennis

Bugun Saidalo Qozonda asosiy to'rga chiqishga urinib ko'radi
Istedodli tennischimiz Saidalo Saidkarimov Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan “Fyuchers” turnirida ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz o'z ishtirokini saralash bahslaridan boshladi. Saralash turnirining 10-raketkasi bo'lgan Saidalo bugun asosiy to'rga yo'llanma beruvchi final uchrashuvida kortga chiqadi.
Uning raqibi saralashning sakkizinchi raqamli tennischisi rossiyalik Artur SHaxnubaryan bo'ladi. Saidkarimov saralashni ikkinchi bosqichdan boshladi va rossiyalik Sergey Lisovni 6:7(3), 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar