06 iyu 11:26
Yangiliklar
Tennis

Bugun Saidalo yarim final yo'llanmasi uchun kortga chiqadi
Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda bugun chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Musobaqaning saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham bugun chorak final uchrashuvini o'tkazadi.
U ilk davrada gvatemalalik Vilfredo Gonsalesni 6:4, 6:4, ikkinchi davra bahsida rossiyalik Denis Klokni 6:4, 2:1 (Klok jarohat olgan) hisobida mag'lub etdi. Saidaloning chorak finaldagi raqibi serbiyalik Deyan Katich bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar