11 dek 07:43
Yangiliklar
Og'ir atletika
Bugun Sarvarbek Zafarjonov Jahon chempionati medallari uchun bahslarga kirishadi
Xabar berganimizdek, Bahraynning Manama shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqaning bugungi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg) supachaga chiqadi. Hamyurtimiz ishtirokidagi bahslar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining kechagi kunida og'ir atletikachimiz Muhammadqodir Toshtemirov terma jamoamizga 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini taqdim etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar