18 dek 11:35
Yangiliklar
SHaxmat
Bugun Sarvinoz Puregold Chess challenge turnirida g'olib bo'lishi mumkin
Bu yil grossmeysterlik talabini bajargan hamyurtimiz Sarvinoz Qurbonboeva bugun Filippinda o'tkazilayotgan xalqaro turnir g'olibasi bo'liish mumkin.
Puregold Chess Shallenge turnirida 10ta davlat shaxmatchilari g'oliblik yo'lida dona surishyapti. Bugun o'tkaziladigan so'nggi tur oldidan Sarvinoz ayollar o'rtasidagi musobaqada 3,5 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi.
Bugun hamyurtimiz so'nggi partiyada filippinlik Branzuela Aliga qarshi dona suradi. Xitoylik xalqaro grossmeyster Tingjie Ley 4 ochko bilan peshqadamlik qilyapti.
Eslatib o'tamiz, Qurbonboeva shu hafta avvalida Philippine International Shess Shampionship turnirida 9 imkoniyatdan 4 ochko jamg'arib, bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar