24 avg 09:10
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova AQSH Ochiq chempionati saralashida kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, kecha Nyu-York shahrida tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining saralash musobaqasiga start berildi.
Yilning to'rtta nufuzli turniridan biri bo'lgan US Open musobaqasining ayollar o'rtasidagi saralash bahslarida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ilk bosqichdayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi.
Bugun yana bir vakilamiz Sabina SHaripova ham birinchi bosqich uchrashuvida kortga chiqadi. Sabinaning raqibasi ispaniyalik 19 yoshli tennischi Sara Sorribes bo'ladi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar