05 iyu 08:05
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova Germaniyadagi ishtirokini boshlaydi
Germaniyaning Darmshdat shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'rida Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz turnirning uchinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Bugun vakilamiz asosiy to'rning ilk davrasida avstriyalik Juliya Graberga qarshi kortga chiqadi. SHaripova dunyo reytingida 149, 21 yoshli Graber esa 290-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar