So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

22 sen 08:49
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun shaxmat Olimpiadasining so'nggi turida Franciya va Turkiyaga qarshi bahs olib boramiz

Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o'z yakuniga etadi.

Afsuski, amaldagi Olimpiada chempioni bo'lib kelgan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi bu vakolatni kecha Hindistonga topshirdi. Biz qo'pol xatolar evaziga Xitoyga alamli tarzda 1,5:2,5 hisobida yutqazdik. Hindiston esa bundan foydalangan holda AQSHni mag'lubiyatga uchratdi va ochkolarini 19 taga etkazib oldi. Bu bilan ular muddatidan avval Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioniga aylanishdi. Hozircha Hindistondan ochko tortib olgan yagona jamoa aynan biz bo'lib turibmiz.  

Co'nggi tur oldidan O'zbekistonda bronza medali uchun nazariy imkoniyat bor, ammo juda ham kam. Bugun yigitlar Franciya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Francuzlar ham biz singari 15 ochkoga egalar. To'rtinchi o'rindagi AQSH hisobida ham 15 ochko bor. O'zbekiston qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-pog'onadan joy olgan. Xitoy 17 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib olgan bo'lsa, Sloveniya 16 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.   

Bugun o'tkaziladigan 11-turda Hindiston Sloveniyaga qarshi bahs olib boradi. Hindlardan bu uchrashuvda g'alaba kutamiz. Asosiy raqiblarimiz AQSH va Xitoy o'zaro bahs olib borishadi. Bu uchrashuv durang natija bilan yakunlangani biz uchun foydali. O'zbekiston esa o'z o'rnida Franciyani mag'lub eta olsa, Butunjahon shaxmat Olimpiadasining bronza medallarini qo'lga kiritadi. 

11-turning qiziqarli uchrashuvlari:

Sloveniya - Hindiston

Ispaniya - Vengriya 

Xitoy - AQSH 

O'ZBEKISTON - Franciya

Serbiya - Ukraina

Armaniston - Eron

Bolgariya - Germaniya


O'zbekiston ayollar terma jamoasi kecha Angliyani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, 14 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 18-o'ringa ko'tarilib oldi. O'ninchi o'rinni egallab turgan Xitoyda ham 14 ochko bor. Qizlarimiz 6 g'alaba, 2 ta durang va 2 mag'lubiyat qayd etishgan. Bu O'zbekiston ayollar terma jamoasining Butunjahon shaxmat Olimpiadalari tarixidagi eng yaxshi natijasi bo'ldi. Bugun qizlarimiz o'zlari singari 14 ochkoga ega Turkiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. 

Turnir jadvalida 17 tadan ochko ega Hindiston va Qozog'iston terma jamoalari qo'shhokimlik qilishyapti. Kuchli to'rtlikdan joy olgan AQSH va Polsha terma jamoalari hisobida 16 tadan ochko bor. Ispaniya, Armaniston, Gruziya, Vengriya va Ozarbayjon terma jamoalari 15 ochkodan jamg'arishgan. Kecha 10-turda Qozog'iston Gruziya bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Hindiston esa bundan unumli foydalanib, Xitoyni 2,5:1,5 hisobida taslim etdi. Bugun so'nggi 11-turda Qozog'iston AQSHga, Hindiston Ozarbayjonga qarshi dona suradi.     

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing