So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

20 sen 07:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun SHerzod Husanov Polshada jang o'tkazadi, u tarozidan o'tib oldi

Teglar :  SHerzod Husanov
Bugun Polshaning Xoynice shahrida professional boks turniri bo'lib o'tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, Babilon Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomining markaziy jangida hamyurtimiz SHerzod Husanov ringga ko'tariladi. Tajribali bokschimiz polshalik Pavel Stepinga qarshi jang o'tkazadi. Kecha tunda har ikki bokschi tarozidan o'tish hamda face to face marosimlaridan muvaffaqiyatli tarzda o'tib oldi. Bokschilar belgilangan vazn meyorini bajarishdi. 

Taqqoslash uchun, 34 yoshli mezbon bokschi prof faoliyati davomida 21 ta jang o'tkazib, 19 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. O'n ikkita jangda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. Faoliyatidagi 20 ta jangini o'z vatanidagi boks oqshomlarida o'tkazgan. Faqat bir marotaba Angliyaning Birmingem shahrida tashkil etilgan boks kechasida britaniyalik taniqli charm qo'lqop ustasi Joshua Buatsiga qarshi ringga chiqib, mag'lubiyatga uchragan. 

SHu yil yanvar oyida 44 yoshini qarshilagan, 2007 yildan beri prof ringda jang o'tkazib kelayotgan SHerzod Husanovning hisobida 28 ta jang bor. U 24 g'alaba (12 nokaut), 3 mag'lubiyat va 1 durang natija qayd etgan. SHu yil aprel va may oylarida Andijonda o'tgan prof boks kechalarida mos ravishda Odiljon Jo'raboev va G'iyosbek Mamajonovni mag'lubiyatga uchratgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing