22 fev 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun SHohjahon Ergashev bilan intervyu, eng yaxshi savol egasini sovg'a kutmoqda!
Bugun professional bokschimiz SHohjahon Ergashev www.olamsport.com saytida mehmon bo'ladi.
Saytimiz vakillari bokschi bilan intervyu uyushtiradilar. SHuningdek, muxlislarimiz ham SHohjahonga o'z savollari bilan murojaat qilishlari mumkin bo'ladi.
Eng yaxshi savol egasini SHohjahondan eksklyuziv sovg'a kutmoqda. Bundan tashqari, muxlisga bokschi bilan suratga tushish imkoniyati yaratib beriladi.
Savollarni soat 11:00gacha ushbu xabar ostidagi izohlar bo'limida yozib qoldirishingiz mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Сайтдагилар илтимос шу саволни беринглар. Зора аниқроқ жавоб олармиз. Бу муҳим барибир. Кўтар-кўтар яхши. Лекин... буёғини тушунасизларку.
Janglaringizni ko'ramiz,asosan kuchga,jismoniy holatga tayangan holda jang o'tkazasiz va o'z o'zidan himoyada ba'zi bir kamchiliklar ko'zga tashlanib qoladi! Bu kuchli (pancher)raqiblarga ustunlik berib qo'ymaydimi? Yoki bu masalada murabbiyni almashtirish kerakdir? Ya'ni ko'proq texnika bilan ishlaydigan murabbiy bilan ishlash vaqti kelgandir? Shunga fikringiz qanday?Javob uchun oldindan raxmat! Farg'onadan Shuhrat tashakkur!!!