15 fev 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun SHohjahon Ergashev Farg'onada navbatdagi jangini o'tkazadi
Bugun Farg'ona shahridagi "Samo" sport majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi, IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev ringga ko'tariladi. Ergashevga ugandalik Junju Pauer raqiblik qiladi. Yarimo'rta vazn toifasidagi jang 12 raund etib belgilangan.
Turnir doirasida Aloxon Abdullaev, Hilola Sobirova kabi sportchilar ham ishtirok etadi. Ammo turnir tashkilotchilari musobaqaning rasmiy kardini elon qilishmadi. Janglar soat 16:00 dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar