18 avg 14:00
Yangiliklar

Bugun Sinquefield Cup 2025 turniri boshlanadi, unda Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi
Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi 29 avgustga qadar davom etadi va aylanma tizimda 9 turdan iborat bo'ladi. Ushbu bosqich GCT ochkolari uchun so'nggi imkoniyat hisoblanadi. Bugundan 10 nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahslarga kirishadi.
Nodirbek Abdusattorov bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadigan 1-tur uchrashuvida Levon Aronyanga qarshi dona suradi. Amerikalik grossmeyster bir necha kun oldin aynan Sent-Luis shahrida yakuniga etgan Saint Louis Rapid and Blitz 2025 turnirida chempion bo'lgan edi. Nodirbek har ikki blic partiyalarida Aronyanni mag'lubiyatga uchratgandi.
Sinquefield Cup 2025 ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston), Gukesh Dommaradju (Hindiston), Fabiano Karuana (AQSH), Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston), Alireza Firuzdja (Franciya), Uesli So (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Yan-Krishtof Duda (Polsha), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Sem Sevian (AQSH).
Sinquefield Cup 2025. 1-tur juftliklari:
Sem Sevian (AQSH) - Uesli So (AQSH)
Maksim Vashe-Lagrav (Franciya) - Alireza Firuzdja (Franciya)
Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) - Levon Aronyan (AQSH)
Rameshbabu Praggnanadha (Hindiston) - Gukesh Dommaradju (Hindiston)
Fabiano Karuana (AQSH) - Yan-Krishtof Duda (Polsha)
Fikrlar