So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

07 apr 11:28
Yangiliklar

Futbol

Bugun Superliga doirasida uchta o'yin o'tkaziladi

Teglar :  SuperligaFutbol
Bugun O'zbekiston Superligasida 3-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Olmaliqda AGMK klubi Qo'qonning "Qo'qon-1912" klubini qabul qiladi. O'yin soat 17:15da boshlanadi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar No'mon Hasanov boshqaruvidagi "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Hozircha AGMK ham, "Qo'qon-1912" ham g'alaba nashidasini surishmadi. Olmaliqda bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarning ikkitasida mezbonlar g'olib bo'lishgan, ikki uchrashuvda durang kuzatilgan. Faqat bir marta qo'qonliklar Toshkent viloyatidan g'alaba bilan qaytishgan.


"Qizilqum" klubi Buxoroda "Buxoro" klubi mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs soat 18:30ga belgilangan. 2019 yilgi mavsumda hali gol urmagan yagona klub "Buxoro" o'z maydonida ilk bor o'yin o'tkazadi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa dastlabki ikki turni Toshkent viloyati klublariga qarshi safarda o'tkazdi. Qizig'i "Qizilqum" esa dastlabki ikki uchrashuvni o'z maydonida o'tkazdi va umuman yutqazmadi. Etiborlisi bu klublar O'zbekiston chempionatida 36 marta to'qnash kelishgan. Natijalar mutlaqo tenglikni ko'rsatmoqda. Jamoalar 16tadan g'alabani qo'lga kiritishgan va 4 bor durang o'ynashgan. Buxoroda o'tgan o'zaro o'yinlarning oxirgi uchtasida "Buxoro" bu raqibni 3 marta mag'lub etgan. Bundan tashqari mana shu uchrashuvlarda "Qizilqum" umuman gol ura olmagan. 


Jizzaxda "So'g'diyona" Superligaga qaytgan "Surxon"ni qabul qiladi. Bu o'yin soat 19:15da boshlanadi. Jizzaxliklar mavsumni o'z maydonidagi g'alaba bilan boshlashdi va Qarshida yutqazib qo'yishdi. "Surxon" esa ikkala turni ham Termizda o'tkazdi va jami 4 ochko to'pladi. Bu jamoalar o'rtasidagi so'nggi o'yin 2004 yilda bo'lib o'tgan. Aniqrog'i o'sha bahs o'tkazilmgan. O'shanda "Surxon" Jizzaxga kelmagani uchun "So'g'diyona"ga 3:0 hisobidagi texnik g'alaba yozilgan edi. Bu klublar o'rtasidagi o'yinlarda o'ta yirik hisoblar kuzatilgan. Masalan, 2002 yil "Surxon" o'z uyida 7:1 hisobida yutgan bo'lsa, 1992 yilgi mavsumda "So'g'diyona" o'z muxlislari qarshisida 10:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan ekan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing