So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

26 sen 08:05
Yangiliklar

Tennis

Bugun Tashkent Open-2016 turnirining asosiy to'r bahslari start oladi

Bugun poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida tennis bo'yicha ananaviy “Toshkent Open” musobaqasining asosiy to'r bahslari start oladi.

Sovrin jamg'armasi 250 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnir bu yil 18-marotaba o'tkazilmoqda. Dunyoning yigirmaga yaqin davlati tennischilari ishtirok etayotgan musobaqada slovakiyalik Anna-Karolina SHmidlova birinchi raqam ostida tasniflangan. U dunyo reytingida 57-o'rinni egallab turibdi.


SHuningdek, kuchli yuztalikdan joy olgan belgiyalik Kirsten Flipkens, shveciyalik Yuxanna Larsson, turkiyalik CHagla Buyukakchay, britaniyalik Naomi Broudi kabi ko'zga ko'ringan oltin to'p sohibalari ham o'zbekistonlik tennis muxlislari ko'z o'ngida o'z mahoratlarini namoyish etishadi.

Yurtimiz mutaxassislarining joriy mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazayotgan Nigina Abduraimova va Sabina SHaripovadan umidlari katta.


Malumot uchun, o'tgan yilgi turnirda yaponiyalik Nao Xibino bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi. Kunchiqar yurt vakilasi hal qiluvchi final uchrashuvida xorvatiyalik Donna Vekichni ikki setda ham bir xil 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.


Ananaga ko'ra, 29 va 30 sentyabr kunlari mashhur tennischilar bolalar uchun mahorat saboqlarini namoyish etishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing