So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

02 fev 15:11
Yangiliklar

SHaxmat

Bugun Tata Steel Chess turnirida so'nggi tur o'tkaziladi. Nodirbeklarda imkoniyat qanday?

Ikki hafta davomida Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha ananaviy "Tata Steel Chess-2025" musobaqasi bugun o'z yakuniga etadi.

Bugun so'nggi 13-turda "Masters" guruhida 3-o'rinni egallab turgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Pentala Harikrishnaga qarshi bahs olib boradi. Nodirbekda turnir chempioni bo'lish imkoniyati deyarli qolmagan. Lekin umuman yo'q emas. 

Undan bir ochko ko'p jamg'argan ikki hind grossmeysterlari bugun 13-turda yutqazgan taqdirlarida Nodirbekda ochkolarni tenglashtirib olish imkoniyati yuzaga keladi. Faqat buning uchun uning o'zi ham raqibini mag'lub etishi kerak bo'ladi. Bugungi partiya oldidan amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju 8,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadam bo'lib turibdi. Agar kecha Abdusattorov hindistonlik Arjun Ergaisiga yutqazmaganida, bugun chempionlik uchun imkoniyatni ancha yuqori bo'lar edi. 

"CHellenjer" guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboev (2659) ketma-ket ikkita g'alabasiga qaramay, turnirda sovrinli uchlikdan joy ololmaydi. U bugun 13-turda qora donalarda xitoylik ayol shaxmatchi Lu Miaoyi bilan to'qnash keladi. Yakubboev 7 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. Beshinchi pog'onadagi germaniyalik Frederik Svan hisobida ham 7 ochko bor. CHexiyalik Van Nguen 8,5 ochko bilan "CHellenjer" guruhida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra karvonboshilik qilyapti. Ozarbayjonlik Aydin Suleymanli va niderlandiyalik Ervin L`ami hisobida ham 8,5 ochkodan bor, ular kuchli uchlikni yakunlab berishgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing