08 okt 08:55
Yangiliklar

Bugun “Toshkent CHellenjer” turniriga start beriladi
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda dunyoning 20dan ziyod davlatidan ko'zga ko'ringan tennischilarning ishtirok etadi. CHexiyalik Irji Veseli turnirning birinchi raketkasi sifatida etirof etilgan.
SHuningdek, franciyalik Jereme SHardi, livatlik Rikardas Berankis, rossiyalik Evgeniy Donskoy kabi tennischilarning poytaxtimizga tashrif buyurishi musobaqaning qiziqarli kechishini taminlashi aniq.
Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari Denis Istomin, Farrux Do'stov, Sanjar Fayziev, Jo'rabek Karimov, Humoyun Sultonov kabi tennischilarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.
Etiborlisi, o'tgan yilgi turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi. U hal qiluvchi final uchrashuvida slovakiyalik Lukash Lackoni 6:3, 6:4 hisobida taslim etgandi.
Fikrlar